Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

QO'SHRABOT TUMANIDA YANGI DAVLAT MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

Yangi o'quv davrining  boshlanishi tumanimizdagi Bozorjoy mahallasi hududida 28-DMTT, Sohibkor mahallasi hududida   25-DMTT, Mayintepa mahallasi hudida 32-DMTT binosi qurib foydalanishga topshirildi. Mahalliy hisobidan 1 mlr 300 mln so'mdan qurilgan bu maktabgacha ta'l;im tashkilotlari 60 nafar bolaga bo'ljallangan.Ushbu mahallalarda, 10670 nafar aholi istiqomat qilib, shundan 910 nafarini 3-7 yoshgacha bo’lgan bolalar tashkil etadi. Bundan tashqari bu hududlarda, va 7 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritib, 175 nafar bolalarnini qamrab olgan edi. Yangi qurilib foydalanishga topshirilgan 28, 25, 32 – sonli DMTT esa yana 180 nafar bolajonlarga mo’ljallangan bo’lib, mahallalardagi yana 180 nafar  maktagacha ta’lim yoshidagi bolalar to’liq qamrab olinadigan bo’ldi – deydi tuman MTB rahbari Sh.Mardiyev. 

Tashkil etilgan tadbirda, tuman MTB rahbari Sh.Mardiyev, tuman hokimi D.Shakarboyev,tuman prakrori va xalq qabulxonasi mudiri, mahalla oqsoqollari, ushbu ta’lim tizimida faoliyat yuritgan faxriy ustozlar, hamda mahalliy keksa onaxonlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, mehmonlar yangi foydalanishga topshirilgan 28 - DMTTdagi sharoitlar va yaratilgan qulayliklar bilan tanishib, Zarmitan MFY hududda faoliyat yuritayotgan 10 – sonli DMTT tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlarini ham maroq bilan tomosha qildilar.


Oxirgi o‘zgarish: 25/08/2022 13:46;   Ko‘rilganligi: 41
 
Material manzili: https://qushrabotmtb.uz/press/news/qoshrabot--maktabgacha-talim-t
Chop etilgan vaqti: 28/09/2022 08:29