Maxsus imkoniyatlar
Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olishga doir ta'riflar

“Aholi va uy-joy fondini ro‘yxatga olish”, aholi va uy joy to‘g‘risida o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ma'lumotlarni  olish imkonini beruvchi jarayondir. Ushbu tadbirning afzalligi shundaki, u ikki xil to‘plam (aholi va uy joy) to‘g‘risida ma'lumot olish imkonini beradi.

Aholi va uy-joy fondi bilan bog‘liq aholini ro‘yxatga olish tadbirining natijalari kichik hududlar va aholining kichik guruhlari bo‘yicha aholi, oilalar, uy xujaliklari va uy-joy holati to‘g‘risidagi statistik ma'lumotlarni bir xil asosda ishlab chiqish uchun zarur. Aholining xususiyatlari geografik, demografik, ijtimoiy, iqtisodiy alomatlar hamda oilalar va uy xujaliklarining belgilarini o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina mamlakatlar uchun ro‘yxatga olish jarayonida olingan natijalar bunday ma'lumotlarni ishlab chiqish uchun juda muhimdir, chunki ro‘yxatga olish boshqa diqqatga sazovor muqobillarga ega bo‘lmagan yagona manba hisoblanadi.


Oxirgi o‘zgarish: 27/01/2022 11:19;   Ko‘rilganligi: 301
 
Material manzili: https://qushrabotmtb.uz/press/news/aholi-va-uy-joy-fondini-royxatga-olishga-doir-tariflar
Chop etilgan vaqti: 28/09/2022 09:39