Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Vatanparvarlik tarbiyasi vatan ramzlariga mehrdan boshlanadi.

Qo‘shrabot   tumani  maktabgacha ta'lim bo‘limi tashabbusi bilan 1-MTTda 18- noyabr O‘zbekiston Respublikasi Bayrog‘i tasdiqlangan kunga bag‘ishlab “Bayrog‘imiz – g‘urur va fahrmiz” mavzusida bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda bayroq va vatan ramzlari ulug‘lanuvchi she'rlar, qo‘shiqlar, badiiy kompozitsiyalar bolalar va tarbiyachilar ishtrokida namoyish etildi.

Shuningdek, bolalar o‘rtasida rasm chizish, applikatsiya yasash bo‘yicha, tarbiyachilar o‘rtasida esa didaktik materiallar, tarqatmalar tayyorlash bo‘yicha tanlov bo‘lib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 18/11/2019 13:25;   Ko‘rilganligi: 364
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/vatanparvarlik-tarbiyasi-vatan-ramzlariga-mehrdan-boshlanadi
Chop etilgan vaqti: 28/07/2021 04:08