Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

13 ta tadbirkorga tuman hokimligi tomonidan oilaviy nodavlat ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2017 yil 18 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va uning tizimidagi muassaalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda oilaviy nodavlat maktabgacha talim muassasalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 991-sonli qarori asosida Qo‘shrabot tuman oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil etish va ular faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgangan ishlar natijalari  quyidagicha bo‘lib, 2019 yil 7-yanvar holatiga ko‘ra 27 nafar tadbirkorlarning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan barcha xujjatlari tayyorlanib bitim imzolanishi uchun Maktabgacha ta'lim vazirligiga yuborilgan.

Shundan 20 tasining bitimi tuzilgan bo‘lib, 13 ta tadbirkorga tuman hokimligi tomonidan oilaviy nodavlat ta'lim faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma topshirildi.


Oxirgi o‘zgarish: 07/01/2019 17:10;   Ko‘rilganligi: 677
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/udmF
Chop etilgan vaqti: 28/07/2021 04:25