Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tumanidagi barcha MTTlar koronavirus tarqalishining oldini olish uchun vaqtincha yopildi.

2020 yil 15 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati mamlakatimiz aholisining salomatligi xavfsizligini ta'minlash maqsadida barcha turdagi MTTlar faoliyatini to‘xtatishga qaror qabul qildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta'lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi rahbariyatining xati yuborildi. Unda koronavirus tarqalishining oldini olish uchun MTTlar vaqtincha yopilishi haqida xabardor qilingan.

Shuningdek, 15 mart kuni Maktabgacha ta'lim vazirining O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTTlar karantinga yopilishi to‘g‘risidagi buyrug‘i ham e'lon qilindi. Bu vaqt mobaynida MTTlarda dezinfeksiya choralari ko‘riladi va Sanitariya-epidemiologiya agentligining tuman vakillari bilan birgalikda sanitariya-epidemiologik tadbirlar tashkil etiladi.

MTTlar faoliyatining qayta boshlanish sanasi alohida e'lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur choralar — bu birinchi navbatda bolalar va ota-onalarni ushbu virus infeksiyasi bilan zararlanish ehtimolidan himoya qilishdir.

Shuningdek, SEN talablari bajarilmasa, MTT rahbariyati jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan jazoga tortilishlari mumkinligidan ogohlantiramiz.

Sizlardan xotirjamlikni saqlashni so‘rab qolamiz hamda to‘g‘ri tushunishingizga ishonamiz. Koronavirus infeksiyasining profilaktikasi uchun qat'iy tavsiya qilamiz:
1. Gigiyena talablariga rioya qiling.
Qo‘llarni doimiy ravishda yaxshilab sovunlab yuving, antiseptik vositalardan foydalaning, niqob taqing, gadjetlarni dezinfeksiyalang.
2. Boshqa insonlar bilan muomalani kamaytiring.
Imkoniyat darajasida jamoat joylariga bormang. Qo‘l bilan ko‘rishmang, quchoqlashmang va hakazo.


Kiritilgan vaqti: 17/03/2020 11:46;   Ko‘rilganligi: 299
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/uchun-vaqtincha-yopildi
Chop etilgan vaqti: 27/10/2021 22:44