Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Tuman, shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari o‘rtasida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Bugun tuman, shahar maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari o‘rtasida  O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 27 yilligi munosabati bilan futbol musobaqasi o‘tkazildi. Qizg‘in davom etgan musobaqada Nurobod tumani MTB xodimlari 1-o‘rinni, Samarqand shahar MTB xodimlari 2-o‘rinni, Qo‘shrabot tumani MTB xodimlari 3-o‘rinni egallashdi. G‘oliblar Boshqarma tomonidan diplom va sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Kiritilgan vaqti: 30/11/2019 18:08;   Ko‘rilganligi: 271
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/tuman-shahar-maktabgacha-talim-bolimi-xodimlari-ortasida-futbol-musobaqasi-bolib-otdi
Chop etilgan vaqti: 28/07/2021 03:04