Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

TARBIYACHILAR O‘RTASIDA SHE'RIYAT KECHASI

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari o‘rtasida “Eng ifodali o‘qilgan she'r” deb nomlangan adabiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
7-maktabgacha ta'lim tashkiloti faollar zalida tashkil etilgan ushbu tadbirda tumandagi 20 ta MTT lardan kelgan 40 nafar tarbiyachi ishtirok etdi.

Tadbirda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarbiyachilar o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularning ijodga adabiyotga bo‘lgan qiziqishini, mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida ham keng ko‘lamli targ‘ibotlar olib borilayotganligi ta'kidlandi.

Adabiyot, she'rxonlik kechasiga aylanib ketgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan ona Vatan, yurt himoyachilarini madh etuvchi, shuningdek, mehr-oqibat, muhabbat va sadoqat mavzularida o‘qilgan she'rlar barchada katta taasurot qoldirdi.
Asosiysi, tarbiyachilar tomonidan ham bunday tadbirlar hududdagi yozuvchi va shoirlar ishtirokida tez-tez o‘tkazilib turilishi yuzasidan takliflar bildirildi. Shu bilan birgalikda tadbir tarbiyachilarning bir-biri bilan bo‘lgan muloqoti ular qalbida ona Vatanga muhabbat, kasbiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga va ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qildi.


Badiiy kecha nomiga munosib eng yaxshi va ifodali she'r o‘qigan 3-MTT tarbiyachisi M.Jo‘rayeva, 7-MTT tarbiyachisi Z.Abdurazzoqova, 8-MTT tarbiyachisi D.Sindarova, 11-MTT tarbiyachisi M.Nasrullayeva, 13-MTT tarbiyachilari Sh.Mustafoyeva, D.Jobborovalar, 15-MTTtarbiyachisi S.Izbosorova, 17-MTT tarbiyachisi Sh.O‘rolovalar tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan naminatsiyalar bo‘yicha faxriy yorliq bilan taqdirlandi.


Oxirgi o‘zgarish: 21/04/2021 14:24;   Ko‘rilganligi: 88
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/tarbiyachilar-ortasida-sheriyat-kechasi-https-tme-istiqbol_sari
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 07:27