TABIAT BOLALAR NIGOHIDA
2022 yil 13-aprel kuni Qo'shrabot tumani 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining 5-7 yoshli tarbiyalanuvchilari òrtasida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2022-yilning 25-martdagi "Xalqaro yer kuni munosabati bilan "TABIAT BOLALAR NIGOHIDA" mavzusidagi bolalar tomonidan chizilgan rasmlar tanlovi tuman bosqichi o'tkazildi.
Tanlov ishtirokchilari o'z bolalik nigohlari orqali tabiatni tasvirlab rasm chizdilar. Turli xil ko'rinishdagi rasmlar orasidan I darajali diplom egasi aniqlab olindi. Tanlov jarayonida 1, 2, 4, 5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18,19-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiulotlari tarbiyalanuvchilari faol ishtirok etishdi. Tanlov natijalariga ko‘ra 8-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi Dilnura Abdurasulova 1-o‘rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichiga ishtirok etishga tavsiya etildi. Kòrik tanlovda faol ishtirok etgan bolajonlar faxriy yorliqlar va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandi.
Kiritilgan vaqti: 15/04/2022 12:11; Ko‘rilganligi: 51
Chop etilgan vaqti: 27/05/2022 19:23