Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

SOG‘LIK UCHUN 5000 QADAM

Pangat MFY hamda Qo‘shrabot MFYda joylashgan 6, 8-maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari oldilariga qo‘ygan “Sog‘lik uchun 5000 qadam” shiori ostida tongdan yo‘lga chiqishdi.
-Tongdan boshlangan ishning unumi boshqacha bo‘ladi, - deydi 8-MTT direktori M.Usanova. – 6-MTT xodimlari bizdan ham ertaroq harakat qilishgani ko‘rinib turibdi. Hammalari tetik, quvnoq kayfiyatda.

Boshlagan ishimizni har hafta bajarib borishni niyat qilib turibmiz. Chunki, sog‘lom tarbiyachigina sog‘lom avlodga yaxshi tarbiya bera oladi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari 5000 qadamdan so‘ng 8-MTT hovlisida yengil jismoniymashqlar bajarishdi va ikki guruhga bo‘linib sportning 5 ta turi bo‘yicha bahslashishdi ham.
- Tarbiyachilarimiz uy yumushlaridan ortib o‘zlari uchun jismoniy mashq qilishga vaqt topolmaydilar, - deydi tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudir o‘rinbosari Sh.Sayfullayeva. – Bugungi tadbirimizdan xodimlari xursand. Bu kabi tadbirlarimizni barcha MTTlarda hududiy olib borishni rejalashtirganmiz.


Kiritilgan vaqti: 15/02/2021 13:34;   Ko‘rilganligi: 212
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/soglik-uchun-5000-qadam
Chop etilgan vaqti: 27/10/2021 23:09