Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tuman maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son “Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali o‘tkazish mavzusida, Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi uslubiy birlashmasining ijodiy ishchi guruh tomonidan Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tuman maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.     

 


Kiritilgan vaqti: 19/06/2018 15:23;   Ko‘rilganligi: 791
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/semener
Chop etilgan vaqti: 10/05/2021 22:47