Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

QADIM QADRIYATLAR BESHIGISAN NAVRO‘Z!

Yana bahor, yana go‘zallik. 21-mart qish uyqusidan uyg‘onib, tabiat jonlanayotgan palla, kun bilan tun tenglashadigan kun.Zaminga quyoshning yog‘dulari ziyo sochib, qalblar ham yanada chiroy ochib, chehralarda ayyom shukuhi namoyon bo‘ladi. Navro‘zni qadriyatlarimiz durdonasi, bayramlarimiz shohonasi deyish mumkin. Bugun Qo'shrabot tumanida Navro'z bayrami keng nishonlanmoqda

Bu ayyom mehr-muruvvat, insonparvarlik bayrami bo‘lib, barcha zamonlarda u orqali xalqning ma'naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o‘ylari, go‘zallikka, ezgulikka bo‘lgan munosabati ifodalangan. Tabiat bezanib, borliq fusunkor qiyofa kasb etar ekan, bu latofat qalblarga ham ko‘chadi. 


Kiritilgan vaqti: 22/03/2022 08:18;   Ko‘rilganligi: 63
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/qadim-qadriyatlar-beshigisan-navroz
Chop etilgan vaqti: 27/05/2022 18:37