Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Ota-onalar va MTT rahbarlari diqqatiga!

Hurmatli ota -onalar va MTT rahbarlari!

Maktabgacha ta'lim vazirligi sizga shuni ma'lum qiladiki, koronavirusga qarshi kurash Respublika Maxsus komissiyasining joriy yil 8 -maydagi alohida hududlarda karantin choralarini yumshatish haqidagi qaroriga qaramay, xavfsizlikni ta'minlash maqsadida ta'lim muassasalari va o‘quv kurslari, shu jumladan davlat, xususiy, oilaviy, davlat-xususiy sheriklik asosidagi MTTlar faoliyatiga cheklov o‘z kuchida qoladi.

Ushbu cheklov choralarini uzaytirishdan maqsad, bolalar xavfsizligini ta'minlash va ularning salomatligini koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfidan himoya qilishdir.

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida karantin choralariga rioya etmaslik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Karatin choralarini yumshatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi va bolalar tomonidan koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish xavfi to‘la bartaraf etilgan zahoti, MTT lar faoliyati tiklanadi.

Mamlakatimizda bolalar salomatligi uchun xavfsiz epidemiologik vaziyat barqarorlashgach ,Maktabgacha ta'lim vazirligi MTTlar faoliyati tiklanishi haqida qo‘shimcha ma'lum qiladi.


Kiritilgan vaqti: 21/05/2020 06:55;   Ko‘rilganligi: 219
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/ota-onalar-va-mtt-rahbarlari-diqqatiga
Chop etilgan vaqti: 21/10/2021 01:27