"Mahorat maktabi " o'quv amaliy seminar bo'lib o'tdi.
Qo`shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan 5-son Musiqa va san'at maktabida "Mahorat maktabi "a'zolari, Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Ta'lim sifatini ta'minlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo`limi boshlig`i Sh.Jomuratov, shu bo`limning metodisti M.O`roqova tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv juda jonli va shijoat bilan o'tkazildi. Qo`shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo`limi metodisti G.Axmatova maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan 64 nafar metodist va
pedagog-tarbiyachilari ishtirok etdilar.
Dastlab uchrashuv maktabgacha ta’lim tashkilotining "Eng yaxshi materia muallifil" sifatida taqdim etgan va uchinchi o'rinni egallagan 12 MTT musiqa rahbari G`aniyeva Zulfiyani sovg’alar bilan taqdirlanishidan boshlanishi barchada zo`r kayfiyat baxsh etdi.
Keyingi navbatda esa yangi o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan bahs munozara o’tkazildi. Video lavhalar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiida yuritiladigan me’yoriy hujjatlar va bugungi kuning zamon talabiga mos pedagog qanday bo’lishi kerak mavzu asosida tushuncha berildi.
Yangi vazifalar belgilandi.
Kiritilgan vaqti: 10/09/2021 07:25; Ko‘rilganligi: 304
Chop etilgan vaqti: 04/07/2022 18:16