Qo‘shrabot tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Kichkintoylar-shirintoylar» ommaviy sport musobaqalarining Qo‘shrabot tuman bosqichi o‘tkazildi
Joriy yilning 25-iyul kuni Qo‘shrabot tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi, tuman «Kamalak» bolalar tashkiloti hamkorligida tuman BO‘SM sport zalida«Kichkintoylar-shirintoylar» ommaviy sport musobaqalarining Qo‘shrabot tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqaga tumandagi 14 ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 140 nafar bolajonlar ishtirok etishdi.
Qiziqarli bellashuvlar bilan o‘tgan musobaqada faxrli birinchi o‘rinni 1-son maktabgacha ta'lim muassasasining «Lochinlar» jamoasi, ikkinchi o‘rinni 10-son maktabgacha ta'lim muassasasining «Shunqorlar» jamoasi, uchinchi o‘rinni 7-son maktabgacha ta'lim muassasasining «Shirintoylar» jamoasi egalladi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari musoboqa tashkilotchilari tomonidan diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Kiritilgan vaqti: 25/07/2018 14:26; Ko‘rilganligi: 1129
Chop etilgan vaqti: 28/05/2022 01:13