Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

HARBIY QISM VAKILLARI BOG‘CHADA

15 dekabrdan 15 yanvarga qadar yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan vatanparvarlik oyligi doirasida Harbiy qism va "Vatanparvar" tashkiloti vakillari tumanimiz yoshlari bilan uchrashib, turli tadbirlar tashkil etib kelmoqda.
99850-Harbiy qism vakillari M.Shodiyev, Z.Normurodov Mudofaaga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar" tashkiloti vakili hamda tuman Madaniyat bo‘limi vakillari ishtirokidagi bugungi uchrashuv 8-son bog‘cha bolalari bilan suhbatlashishdan boshlandi.

O‘zbekiston diyori, bog‘u-bo‘stonlari, boy madaniyati va milliy qadriyatlari orqali bolalarning ma'naviy dunyoqarashini shakllantirishda bu kabi tadbirlarning ahamiyati beqiyos.
Bolajonlar tomonidan Vatan, Askar, Ona kabi mavzularda she'rlar tinglandi. Tuman madaniyat bo‘limi xodimi X.Bozorov tomonidan Vatanni madh etuvchi qo‘shiqqa barcha bolalar tarbiyachilar raqsga tushishdi.


Kiritilgan vaqti: 29/12/2020 06:48;   Ko‘rilganligi: 169
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/harbiy-qism-vakillari-bogchada
Chop etilgan vaqti: 28/07/2021 03:03