Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

ELEKTRON DAVLAT XIZMATLARIDAN FOYDALANISH TARTIBI BO’YICHA O’TKAZILGAN AMALIY SEMINAR

Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan Qo‘shrabot tuman Maktabgacha ta’lim bo‘limi AKT mutaxassisi Sh.Sayfullayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, davlat xizmatlarining elektron shaklga sifatli o‘tkazilishini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatishning amaldagi tartibi, shu jumladan davlat organlari hujjatlarining birxillashtirilishini ta’minlash to’g’risida to’g’risida maruza qildi. Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish tartibini my.gov.uz partali orqali ko’rsatib o’tdi va partaldagi xizmatlar, ulardan foydalanish haqida amaliy ko’rsatib o’tdi.

Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan ishtirokchilarga tuman maktabgacha ta’lim bo’limi mudiri  B.Abduvohidov tomonidan mazkur Muxtaram Prezidentimizning 2020 yil 5 oktabr kuni qabul qilgan PF-6079-sonli ““ Raqamli O’zbekiston - 2030”  strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni haqida gapirib o‘tib, tashkilot hodimlarini axborot texnologiyalari bo‘yicha chuqur bilimlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalardan unumli va maqsadli foydalana olishlari bo‘yicha tushunchalar berdi. Farmoni ijrosi yuzasidan tumandagi jami 20 ta DMTTlarga Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan zamonaviy NOTEBOOK komyuterlar berildi, Farmonda belgilangan DMTTlarga optik tolali internet tarmogi ulanish jarayoni yakuniga yetganligi xamda barcha DMTTlarda kuzatuv kameralari bilan ta’minlanganligi bo’yicha gapirib o‘tdi.


Kiritilgan vaqti: 20/04/2021 07:31;   Ko‘rilganligi: 23
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/elektron-davlat-xizmatlaridan-foydalanish-tartibi-boyicha-otkazilgan-amaliy-seminar
Chop etilgan vaqti: 10/05/2021 20:48