Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining hujjatlarini to'g'ri yuritishi, ta'lim sifati, ahamiyati to'g'risida" o'quv amaliy seminari o'tkazildi.

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig'ining joriy yil28 yanvardagi 5-sonli buyrugi'ga asosan Qo'shrabot tuman pedagogika kolleji hamda tuman maktabgacha ta'lim bo'limi bilan tumandagi barcha Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktorlari ishtirokida "Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining hujjatlarini to'g'ri yuritishi, ta'lim sifati, ahamiyati to'g'risida" o'quv amaliy seminari o'tkazildi.

-Seminar ko'rgazmali bo'lgani uchun yanada tushunarli bo'ldi, - dedi 8-maktabgacha ta'lim tashkiloti direktori S. Usanov. - Bu men kabi yangi rahbarlar uchun juda qulay. Seminardan ko'rganlarimni albatta ish faoliyatim davomida qo'llayman.
Seminar davomida Pedagogika kolleji o'qituvchisi Marg'uba Sindarovaning mavzu yuzasidan ma'ruzasi tinglandi.
Shuningdek, Maktabgacha ta'lim metodisti G.Axmatova tomonidan tavsiyalar berildi. Bu kabi ko'rgazmali seminar jadval asosida yil davomida tashkil etilishi kelishib olindi.


Kiritilgan vaqti: 15/02/2022 05:53;   Ko‘rilganligi: 99
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/davlat-maktabgacha-talim-tashkilotlari-pedagoglarining-hujjatlarini-togri-yuritishi-talim-sifati-ahamiyati-togrisida-oquv-amaliy-seminari-otkazildi
Chop etilgan vaqti: 27/05/2022 19:13