Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

CHAROS "YILNING ENG YAXSHI TARBIYACHISI"

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi" kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish an'anaga aylangan. Bu yilgi tanlovni o‘tkazishga barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti tayyorgarlik ko‘o‘rishmoqda. Xususan, 17-maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari birinchi bog‘cha bosqichini o‘tkazdi. Unda asosiy 6 nafar tarbiyachi ishtirok etishdi. 

Tarbiyachilar o‘zini tanishtirish, soxaga oid berilgan test topshirig‘i, syujetli-rollardan foydalanib ertak sahnaalashtirish, qo‘l mehnati hamda san'atim-saodatim ya'ni, iqtidorini namoyish etish shartlari bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
-Tanlovni o‘tkazishdan asosiy maqsad yuqori malakali tarbiyachini aniqlash va rag‘batlantirish, - deydi tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi uslubchisi Gulnoza Axmatova. - Ularning pedagogik mahorati va ijoddiy qobiliyatini rivojlantirish, ilg‘or tajribalarini keng ommalashtirish, sog‘lom raqobat va ijodkorlik muhitini yaratish hisoblanadi. Bugungi tarbiyachi zamon bilan hamnafas bo‘lmas ekan, yaratuvchan va yangilik yaratish ishqi bilan yashamas ekan, u kelajak avlodni biz kutgandek tarbiyalay olmaydi. Tanlov esa ana shunday qaynoq qalblilarni bir joyga jamlay oladi.


Tarbiyachi-pedagoglarning har bir chiqiishi hakamlar hay'ati tomonidan baholani borildi. So‘nggi natijalarga ko‘ra Charos Jozilova eng yuqori ball bilan tanlovning tuman bosqichida ishtirok etadigan bo‘ldi.
-Bugungi tadbirga hammamiz zo‘r ishtiyoq bilan yondashdik, - deydi Charos Jozilova. - Hammamizning maktabgacha ta'lim tizimi uchun yaratgan yaniligimiz, ijodiy ishlarimiz, ko‘rgazmali va didaktik materiallar hamda shu kungacha erishgan yutuqlarimiz birma-bir ko‘rildi. Eng asosiysi bugungi kun tarbiyachisi qanday bo‘lish kerakligini yana bir bor his qildik. Men birinchi o‘rinni olaman deb o‘ylamagandim. Ammo hakamlar qo‘ygan baholar natijasiga ko‘ra tuman bosqichiga chiqadigan bo‘ldim. Bu menga yanada mas'uliyatni

yukladi.


Kiritilgan vaqti: 23/06/2021 07:50;   Ko‘rilganligi: 141
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/charos-yilning-eng-yaxshi-tarbiyachisi
Chop etilgan vaqti: 21/10/2021 00:51