Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

"AQLVOY" ENDI BIZ BILAN

Tumanimiz tog‘li hudud bo‘lganligi bois aholi tarqoq joylashgan. Shu paytgacha bu yerda bolajonlarni maktabgacha ta’limga  qamrab olish 16,6 foizni tashkil qilgan. Negaki bor-yo‘g‘i 15 tagina davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat olib borar edi. Bu muassasalar ham xalq ta’limi tizimiga qarashli edi. 2017 yilda Maktabgacha ta’lim Vazirligi tashkil etilgach muassasalar ham tashkilot tizimiga o‘tkazildi va alohida maktabgacha ta’lim bo‘limimiz faoliyatini boshladi.

Shu yildan e’tiboran tumanimizning chekka huududlarida 17,18, 19,20,21- maktabgacha ta’lim tashkilotlari zamonaviy binolarga ega bo‘lib, bolajonlar uchun har tomonlama qulayliklarga ega bo‘ldi. Bundan tashqari 5,6,8,9,10,11, 12,14,15- maktabgacha ta’lim tashkilotlarimiz qayta qurilib zamonaviy qiyofa kashf etdi. Bu bilan tuman aholisini maktabgacha ta’limga qamrab bo‘lmas edik. Shu tufayli 4 ta davlat sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim hamda 137 ta oilaviy maktabgacha ta’lim faoliyati yo‘lga qo‘yilib, bugungi kunda 61,3% foiz maktabgacha ta’limga qamrov kuzatilgan.

Eng quvonarlisi, tog‘lar orasida joylashgan Navkat MFY hamda Qovunchi MFYdagi 3 yoshdan 5 yoshgacha har bir MFYdan 48 nafargacha bolajonlarni o‘z bag‘riga olgan "Aqlvoy" mobil bog‘chasining ochilish marosimi bo‘ldi.

-Yana qayta bola bo‘lgim keldi, - deydi Navkat MFY raisi Z.Musurmonov. - Qanday chiroyli, qanday mazza, avtobusning ichida televizor, o‘yinchoqlar, shkaf, stul-stol. Eng baxtli avlod - bolajaonlarimizga xizmat qiladi. Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday imkoniyatlar bolalarimizning har tomonlama sog‘lom bo‘lib voyaga yetishiga xizmat qiladi. Albatta bolalarimiz bizdan ko‘ra baxtli yashashlari shart. Bu yo‘lda biz ham qo‘limizdan kelgan yordamni ayamaymiz.

Tarbiyachi xodimlar uchun ham maxsus kiyimlar ajratilib, 3 ta guruhda 48 nafardan bolalar tarbiyalanadigan bo‘ldi.

Shuningdek, ochilish marosimida tuman hokimi H.Oqbo‘tayev ishtirok etib, soxa xodimlari va bolajonlarga istaklarini bildirdi. Bolajonlar ham minnatdorchiligini  yod olgan she’rlari orqali bayon etdi.

Albatta, bu bizga berilgan eng katta imkoniyat. Bu imkoniyatlardan unimli foydalanib, qamrovni yil oxiriga qadar 100 foizga chiqishiga bor imkonimizni ishga solamiz. 

 

 


Kiritilgan vaqti: 03/08/2021 14:58;   Ko‘rilganligi: 44
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/aqlvoy-endi-biz-bilan
Chop etilgan vaqti: 20/09/2021 23:37