Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tumanida davlat xususiy sherikchiligi asosida tashkil etilgan yangi " Kinder globus" nomli nodavlat maktabgacha ta'lim muassasasi o‘z faoliyatini boshladi

Bugun,26 mart kuni Qo‘shrabot tumani Zarmitan MFY da " Kinder globus"  nomli nodavlat maktabgacha ta'lim  muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

          Loyihaning amalga oshirilishida o‘zlashtirilgan mablag‘ jami: 1750 mln.so‘m. Yaratilgan yangi ish o‘rinlari soni 20 tani tashkil qiladi. 70 o‘rinli ushbu muassasada tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Maktabgacha ta'lim muassasasing ochilish marosimida tuman hokimi H.Oqbo‘tayev so‘zga chiqib, barcha maxalla axlini bayram bilan tabriklab yosh avlodimizga shunday chiroyli ko‘rkam MTMlarda tarbiyalanish bahtiga muyassar bo‘lish imkoniyati yaratilganligini aytib o‘tdi. " Kinder globus"  nodavlat maktabgacha ta'lim  muassasasini ochib berdi va faxriy kalitni tadbirkor T.Tog‘ayevaga topshirdi.


Oxirgi o‘zgarish: 26/03/2019 15:08;   Ko‘rilganligi: 443
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/TNGK
Chop etilgan vaqti: 10/05/2021 21:24