Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 2-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminari

O‘quv amaliy seminarni tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi mudiri Sh.Qo‘shboqov  kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan maktabgacha ta'lim muassasalari mudiralari, tarbiyachilari va ishchi xodimlari oldida katta mas'uliyat turganligi haqida fikr bildirib, barcha seminar ishtirokchilarini muassasadagi hujjatlarning yuritilishiga e'tibor qaratib har bir xodim o‘zi rahbarlik qilayotgan ta'lim muassasida talab etiladigan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 18 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i asosida ta'lim tarbiya jarayonini to‘g‘ri yuritilishi haqida topshiriqlar berdi.

Shuningdek o‘quv seminar yig‘ilishida maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlari tomonidan Maktabgacha ta'lim muassasasida inovatsion texnologiyalarni joriy etish maqsadida Open EMIS ta'limni boshqarishning axborot tizimi faoliyatini tartibga solish, tizimga ma'lumotlarni muntazam ravishda kiritishda MTM mudirasining asosiy vazifalari, Maktabgacha ta'lim muassasasida kuzatuv kengashi faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligining 2018 yil 18 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ish hujjatlari to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i ijrosi yuzasidan  ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda me'yoriy hujjatlarning ahamiyati bo‘yicha seminar ishtirokchilariga to‘liq ma'lumot berdilar.


Kiritilgan vaqti: 12/02/2019 16:27;   Ko‘rilganligi: 512
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/RvEs
Chop etilgan vaqti: 10/05/2021 21:59