Qo‘shrabot tumanida 5 sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasini faydalanishga topshirildi
Bugun, 26 mart kuni Qo‘shrabot tumani Qo‘ralos MFY da 5 sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
75 o‘rinli ushbu muassasada tarbiyalanuvchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Maktabgacha ta'lim muassasasing ochilish marosimida tuman hokimi H.Oqbo‘tayev so‘zga chiqib, barcha maxalla axlini bayram bilan tabriklab yosh avlodimizga shunday chiroyli ko‘rkam MTMlarda tarbiyalanish bahtiga muyassar bo‘lish imkoniyati yaratilganligini aytib o‘tdi.
5 sonli davlat maktabgacha ta'lim muassasasini ochib berdi va faxriy kalitni muassasa mudirasi D.Naxalovaga topshirdi. Ochilish marosimida bolalar o‘z saxna chiqishlari bilan mexmonlarni hursand qildi. Mexmonlar muassasani ko‘zdan kechirib yaratilgan imkoniyatlardan xursand bo‘lishdi.
Kiritilgan vaqti: 26/03/2019 16:15; Ko‘rilganligi: 834
Chop etilgan vaqti: 27/05/2022 17:41