Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish yuzasidan maktabgacha ta'lim muassasalari oshpazlari uchun o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar to‘grisida

Kun tartibidagi masala yuzasidan tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi  mudiri Sh.Qo‘shboqov  so‘zga chikib yigilish katnashchilarini maktabgacha  ta'lim muassasalarida taom tayyorlash jarayonida texnologiya koidalariga amal qilish hamda oshpazlar tomonidan taom tayyorlash jarayonida sanitariya va gigiyena koidalari va gigiyena normativlariga amal kilinishi to‘g‘risida  gapirib o‘tdi. 

Kun tartibidagi 1 masala yuzasidan bo‘lim oziq-ovqat hisobi bo‘yicha hisobchisi M.Yakubov so‘zga chiqib
maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun ovkat tayyorlanganda kaynatish, pishirish, toblab pishirish, jazlash, dimlab pishirish,bug‘da pishirishda texnologiyalarga amal qilinishi kerakligini eslatib o‘tdi. Taom tayyorlashda qovuritgan  usuli qo‘llanilmaydi.

  Oziq-ovqat maxsulotlariga pazandachilik ishlov berishda taomning   texnologik  xaritasida  yoritilgan  tayyorlanish texnologiyasiga  to‘liq amal  qilish, shuningdek  taomning  tayyorlash  jarayoniga  qo‘yilgan  sanitariya-gigiyena talablarga   rioya  qilish  lozimligi ta'kidlab o‘tildi. Ovqatlar tarkibidagi maxsulotlarni ko‘lni tekkizmay, oshxona  anjomlari bilan aralashtirish kerakligi tushuntirib o‘tildi. 

DSEM  bolalar va o‘smirlar gigeniyasi bo‘lim mudiri S.Xasanov so‘zga chiqib tuxumlarga ishlov berish maxsus xonada belgilangan vannalarda yoki idishlarda bajarilishi kerakligi haqida eslatib o‘tildi. Tuxumlarni korishmagatuldirib solinib maxsusidishlardan foydaladi.


Yormalarga boshka aralashmalar ko‘shilmasligi kerak. Yormalar ishlatishdan oldin toza  suvda yuviladi.  Kefir, ryajenka, qatik  va   boshqa  sut maxsulotlari  paket va shishalardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri piyolalarga solgan xolda tarqatish paytida  taksimlanadi. Semanar yuzasidan amaliy mashg‘ulot chog‘ida oshpazlar o‘zining qiziqtirgan savollvriga yetarlicha to‘liq javob olishdi. Oshpazlar o‘zlarining malaka tajribalarini  hamkasblariga namoyon qildi.  


Kiritilgan vaqti: 02/03/2019 14:27;   Ko‘rilganligi: 445
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/QBDL
Chop etilgan vaqti: 10/05/2021 21:58