Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 5-maktabgacha ta'lim muassasasida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida
Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 5-maktabgacha ta'lim muassasasida “Davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat dasturi asosida ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Katta guruhi tarbiyachisi S.Aripova katta guruhida “Baadiy adabiyot” mashg‘ulotida “Non hidi” rivoyatini hikoya qilib berish mavzusida ochiq mashg‘uloti kuzatildi. Ikkinchi mashg‘uloti loy ishi bo‘lib, tarbiyachi undan xamir qorib, bolalar bilan birgalikda xamirdan non qilib, uni bolalar o‘zlari bezatishdi. Mashg‘ulotni kuzatgan tarbiyachilar tahlil qilishdi.
Mashg‘ulot ta'limiy o‘yin orqali olib borildi. Mashg‘ulot yakunida tarbiyalanuvchilar irosida sahna ko‘rinishi, she'r, qo‘shiq va raqslar ijro etildi.
Oxirgi o‘zgarish: 25/01/2019 16:05; Ko‘rilganligi: 871
Chop etilgan vaqti: 28/05/2022 01:35