Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabotda Navro‘z tantanalari

  Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida Navro‘z sayli Qo‘shrabot  shaharchasiga yaqin joylashgan “Qo‘shag‘och” qishlog‘i yaqinidagi qir-adirlar bag‘ridagi  kengliklarda munosib   nishonladi.

       Shu kuni butun Qo‘shrabot ahli-keksa-yu yosh to‘planishib, azaliy va qadimiy bayram-Navro‘z tantanalarida o‘ynab-kulishdi, yayrab-yashnashdi. Bir tomonda  ko‘kda varrak uchirayotgan bolakaylar, bir tomonda kurash tushayotgan, arqon tortishayotgan sportchilar, bir tomonda sanatkorlarning dilrabo kuy-qo‘shiqlari yangrab turishlari, bir tomonda kelinlarning salom yo‘llashlari, xullas, barcha-barchasi qutlug‘ ayyomga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.   

Ayniqsa, azaliy udum ko‘pkari-uloq o‘yini barcha yig‘ilganlarni xushnud ayladi.

   -Azaliy bayram Qo‘shrabotda har yili fayzli o‘tadi, -deydi qo‘shrabotlik nuroniy Abdurashid Sayfullayev. –Bugun ham shunday bo‘ldi. Azaldan chorvador-u, sohibkorlar, xazinatoparlar yurti hisoblangan bu go‘shada bayramda hammaning dili shod bo‘ldi. Shuni alohida etirof etish kerakki, Navro‘z ayyomiga Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limining jamoasi o‘zing saxna chiqishlari bilan ko‘pchilik mexmonlarni maftun ayladi. 


Kiritilgan vaqti: 19/03/2019 10:57;   Ko‘rilganligi: 424
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/Navruz
Chop etilgan vaqti: 10/05/2021 22:27