Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

7- son maktabgacha ta'lim muassasasida o‘tkazilgan ochiq mashg‘ulot to‘g‘risida

Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 7-maktabgacha ta'lim muassasasida  “Davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat  dasturi   asosida ochiq mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.

Maktabga tayyorlov  guruhi tarbiyachisi D. Bolmonova  “Atrof olam bilan tanishtirish” mashg‘ulotida  “Qushlar bizning do‘stimiz” mavzusida  ochiq mashg‘uloti  kuzatildi. Mashg‘ulotni keyingi mashg‘ulot bilan bog‘lab, ”Oltin tarvuz” ertagini  bolalar ijrosida sahnalashtirib, ko‘rsatib berdi.   Mashg‘ulotni kuzatgan tarbiyachilar tahlil qilishdi.

Mashg‘ulot ta'limiy  o‘yin orqali olib borildi. Mashg‘ulot  yakunida  tarbiyalanuvchilar irosida sahna ko‘rinishi, she'r, qo‘shiq  va raqslar  ijro etildi.


Kiritilgan vaqti: 28/01/2019 15:19;   Ko‘rilganligi: 804
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/IbRk
Chop etilgan vaqti: 21/10/2021 02:27