Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasalari hamshiralari uchun o‘tkazilgan o‘quv-seminar to‘g‘risida.

Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 fevraldagi 2/36-sonli qo‘shma qaroriga asosan  o‘tkazilgan maktabgacha ta'lim muassasalari hamshiralari uchun o‘tkazilgan o‘quv-seminari  Qo‘shrabot tumani 2-sonli MTMda o‘tkazildi.

Semenarda 17 MTMdan jami 19 nafar hamshira ishtirok etdi.


 Bo‘lim mudiri Sh.Qo‘shboqov so‘zga chiqib O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirining 2019 yil 27 fevraldagi 2-sonli va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2019 yil 27 fevraldagi 36-sonli Maktabgacha ta'lim
muassasalarida “Sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish oyligi”ni o‘tkazish  to‘g‘risida qarorlar bilan tanishtirib o‘tdi.

 Maktabgacha ta'lim muassasalarida ovqat ratsionnini shakllantirish va brakeraj komissiyasining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida to‘g‘risida Sh.Sayfullayeva gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng DSENM mutaxassisi Z.To‘ymurodov so‘zga chiqib  Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni ovqatlantirishni tashkil etishda sanitariya-gigiyena talablari va qoidalarini bajarlishini ta'minlash  to‘g‘risida takidlab o‘tdi.






Kiritilgan vaqti: 19/03/2019 09:35;   Ko‘rilganligi: 593
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/HsM
Chop etilgan vaqti: 21/10/2021 01:24