Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tuman MTBga qarashli 1-sonli MTMda "Jajji malika" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 1-sonli maktabgacha ta'lim muassasida jajji tarbiyalanuvchilar ishtirokida "jajji malika" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovda ko‘zlangan maqsad tarbiyalanuvchi ishtirokida tarbiyachining bilim va maxoratini aniqlashdan iboratdir.

Tanlovda quidagi shartlar bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.

1. Tanishtiruv.

2. Pazandalik maxorati.

3. Chet tilida tanishtiruv.

4. Erkin mavzu.

5. Savol javob.

Shu shartlar bo‘yicha jajji qilarimiz  MTMda olgan bilimlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon qildi.

"MTM jajji malikasi"-Qo‘nisheva Gavhar(tarbiyachisi Isoqulova M.), "Eng zukko qiz"- Raxmonova Durdona(tarbiyachisi Qarshiyeva F.), "Eng faol qiz"-Eshqulova Malika(tarbiyachisi( Astanova N.), "Eng nafosatli qiz"-Baxtiyorova Dilnura(Tarbiyachisi Rustamova U.), "Eng orasta qiz"-Xudoyqulova Parizoda(tarbiyachi Sindorova D.)


Kiritilgan vaqti: 25/04/2019 15:12;   Ko‘rilganligi: 614
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/FMUB
Chop etilgan vaqti: 28/07/2021 02:48