Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Qo‘shrabot tuman MTBga qarashli 10-sonli MTMda "Jajji malika" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Bugun Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 10-sonli maktabgacha ta'lim muassasida jajji tarbiyalanuvchilar ishtirokida "jajji malika" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Bu tanlovda ko‘zlangan maqsad tarbiyalanuvchi ishtirokida tarbiyachining bilim va maxoratini aniqlashdan iboratdir.

Tanlovda quidagi shartlar bo‘yicha bellashuv bo‘lib o‘tdi.

1. Tanishtiruv.

2. Pazandalik maxorati.

3. Chet tilida tanishtiruv.

4. Erkin mavzu.

5. Savol javob.

Shu shartlar bo‘yicha jajji qilarimiz  MTMda olgan bilimlari bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon qildi.

Birinchi o‘ringa 3- raqamli qizimiz Abdunazarova Xumora va uning murabbiyi G‘aniyeva Barnolar loyiq deb topildi. 


Kiritilgan vaqti: 02/05/2019 15:46;   Ko‘rilganligi: 607
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/EDFGFH
Chop etilgan vaqti: 27/10/2021 23:06