Xabarlar

13- MTM tayyorlov guruhi tarbiyachisi Ravshanova Gavhar "Yil fasllari " mavzusida guruh bolalar ishtirokida "Ochiq hisobot mashg'uloti" o'tkazildi.

05-12-2018 14:16   616

13- MTM  tayyorlov guruhi tarbiyachisi Ravshanova Gavhar "Yil fasllari "  mavzusida  guruh bolalar ishtirokida "Ochiq hisobot mashg'uloti"  o'tkazildi. Mashg'ulotga mahalla faollari hamda ota onalar taklif qilindi.  Maktabgacha ta’lim bo’limi Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini hamda o’qishini muqobil shakllarini tashkil etish sho’basi mudiri Sayfullayeva Shoira ham ishtirok etdi.

Qo‘shrabot tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida «Kichkintoylar-shirintoylar» ommaviy sport musobaqalarining Qo‘shrabot tuman bosqichi o‘tkazildi

25-07-2018 14:26   723

Joriy yilning 25-iyul kuni Qo‘shrabot tuman hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport bo‘limi, tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi, tuman «Kamalak» bolalar tashkiloti hamkorligida tuman BO‘SM sport zalida«Kichkintoylar-shirintoylar» ommaviy sport musobaqalarining  Qo‘shrabot tuman bosqichi o‘tkazildi. Musobaqaga tumandagi 14 ta maktabgacha ta'lim muassasalaridan 140 nafar bolajonlar ishtirok etishdi.

Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Eng ijodkor tarbiyachi” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.

05-07-2018 14:21   651

Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida “Eng ijodkor tarbiyachi” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bo‘lim mudiri Shavkat Qo‘shboqov Annaqulovich  so‘zga chiqib,  “Bilimli, izlanuvchan, ixtirochi, ijodkor, tashabbuskor, g‘ayratli, shijoatli, intizomli, mas'uliyatli” va albatta bolalarni sevishi to‘g‘risida ta'kidlab o‘tdi va ishtirokchilarga omad tiladi.  Tadbir so‘ngida  maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri “Eng ijodkor tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘olib chiqqan  7-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarini faxriy yorliq bilan taqdirladi.  

Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tuman maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

19-06-2018 15:23   779

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 30 sentyabrdagi PQ-3305-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 iyuldagi 528-son “Maktabgacha ta'lim muassasalarining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalarida har tomonlama rivojlantirish, ta'lim-tarbiya berish, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish, maktab ta'limiga tayyorlash bo‘yicha davlat talablarini to‘laqonli bajarish hamda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini samarali o‘tkazish mavzusida, Samarqand viloyat maktabgacha ta'lim boshqarmasi uslubiy birlashmasining ijodiy ishchi guruh tomonidan Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida tuman maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.     

 

Qo‘shrabot tumanida 1-iyun- “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

02-06-2018 09:21   738

Qo‘shrabot tumanida 1-iyun- “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.