Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi 7-sonli maktabgacha ta'lim muassasasida “Eng ijodkor tarbiyachi” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Qo‘shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari ishtirokida “Eng ijodkor tarbiyachi” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi. Tadbirda bo‘lim mudiri Shavkat Qo‘shboqov Annaqulovich so‘zga chiqib, “Bilimli, izlanuvchan, ixtirochi, ijodkor, tashabbuskor, g‘ayratli, shijoatli, intizomli, mas'uliyatli” va albatta bolalarni sevishi to‘g‘risida ta'kidlab o‘tdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Tadbir so‘ngida maktabgacha ta'lim bo‘lim mudiri “Eng ijodkor tarbiyachi” ko‘rik-tanlovi g‘olib chiqqan 7-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi tarbiyachilarini faxriy yorliq bilan taqdirladi.
Kiritilgan vaqti: 05/07/2018 14:21; Ko‘rilganligi: 1020
Chop etilgan vaqti: 27/05/2022 18:31