Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Maktabgacha ta'lim bo‘limi

Prezidentimiz tomonidan tavsiya etilgan 5 ta muhim tashabbusning ijrosi bo‘yicha Qo‘shrabot pedagogika kollejida maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishtirokida tadbir o‘tkazildi.

“5 ta muhim tashabbus  mening hayotimda” mavzusida  barcha maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari, tarbiyachilar ish faoliyatlaridan lavhalar va ko‘rgazmalar namoyishi  o‘tkazildi.  Har bir bolani ilk yoshidan  musiqa, rassomchilik, adabiyot, san'atga qiziqtirish,  sport turlariga  jalb etish, kitobga havas uyg‘otish,  milliy urf-odatlarni, qadriyatlarni, kasbga yo‘naltirishni  shakllantirish muhimdir.  Jajji bolajonalar o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari, she'r aytishlari, badiiy chiqishlari bilan tadbirga zavq bag‘ishlashdi. 


Kiritilgan vaqti: 05/10/2019 18:06;   Ko‘rilganligi: 474
 
Material manzili: http://qushrabotmtb.uz/oz/news/5-TASHABBUS
Chop etilgan vaqti: 30/07/2021 07:00