Xabarlar

1.Korxona va tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

26-10-2021 09:58   0

      1.   Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)                      4-Mehnat shakli (Mehnat hisoboti) (choraklik) Davlat statistika hisobotini 2021 yilning                   6 oktabr sanasidan kechiktirmasdan www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlarida joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko‘rinishda elektron imzodan foydalangan holda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

26-10-2021 09:47   0

Tadbirkorlik subyektlarining savol va murojaatlariga viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat statistika boshqarmasida “Ishonch telefonlar” (tel: (66)230-45-50, (66)235-58-95) tashkil etilgan.

Shet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan mablag’ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalarni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bosh hisobchilari diqqatiga!

26-10-2021 08:23   2

O’zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O’zbekiston Respublikasidan chet elga yo’naltirilgan investitsiyalar to’g’risidagi 4-invest (xorijiy)shakli (choraklik) Davlat statistika hisobotini 2021 yilning III-choragi uchun hisobot davridan keyingi oyning 29 oktabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

 

Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish qanday tartibda amalga oshiriladi?

22-10-2021 12:03   9

DAXLDOR IDORALAR RO‘YXATGA OLADI

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni, 24-moddasiga asosan aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish sanasida chaqiruv asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatgajalb etilgan harbiy xizmatchilar va ularning yopiq hududlarda yashayotgan oila a’zosi bo‘lgan respondentlar haqidagi shaxsga doirma’lumotlarni yig‘ish harbiy qism komandiri yoki u vakolat berganshaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

15-10-2021 12:37   13

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholi o‘rtasida ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish hisoblanadi, - Shu maqsadda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tadbirning shiori va logotipi ishlab chiqilib, aholini ro‘yxatga olishning rasmiy veb-sayti (aholi.stat.uz) yaratildi. Bu borada ro‘yxatga oluvchilarni tanlash va o‘qitish masalasi ham nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Chunki ma'lumotlarning to‘g‘riligi bevosita ularning malaka va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liq. Shu bois, jarayonga jalb etiladigan xodimlar Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan reja-jadval asosida maxsus o‘qitiladi.

"Mahorat maktabi " o'quv amaliy seminar bo'lib o'tdi.

10-09-2021 07:25   47

Qo`shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan   5-son Musiqa va san'at maktabida  "Mahorat maktabi "a'zolari, Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Ta'lim sifatini ta'minlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo`limi boshlig`i Sh.Jomuratov, shu bo`limning metodisti M.O`roqova  tomonidan o‘tkazilgan  uchrashuv juda jonli va shijoat bilan o'tkazildi. Qo`shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo`limi metodisti G.Axmatova maktabgacha ta'lim  tashkilotlaridan 64 nafar metodist va
  pedagog-tarbiyachilari    ishtirok etdilar.
 Dastlab uchrashuv maktabgacha ta’lim tashkilotining "Eng yaxshi materia muallifil" sifatida taqdim etgan va uchinchi o'rinni egallagan 12 MTT musiqa rahbari G`aniyeva Zulfiyani   sovg’alar bilan taqdirlanishidan boshlanishi barchada zo`r kayfiyat baxsh etdi.
  Keyingi navbatda esa yangi o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan bahs munozara o’tkazildi. Video lavhalar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiida  yuritiladigan me’yoriy hujjatlar va bugungi kuning zamon talabiga mos pedagog qanday bo’lishi kerak mavzu asosida tushuncha berildi.
Yangi vazifalar belgilandi.

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL- QO'SHRABOTDA

09-08-2021 07:01   67

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Zaynitdin Jo'rayev Qo'shrabot tumanidagi "Oqmachit" mahallasidagi 15-DMTTda aholi bilan sayyor qabul o'tkazdi. Unda aholining bolalar bog'chasiga  ishga kirishda amaliy yordam ko‘rsatish, uy va yo'l ta'mirlashni so'ragan murojaatlari eshitildi.
Fuqarolarning murojaatlari atroflicha tahlil qilinib, amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i sayyor  qabul doirasida  mazkur  muassasa faoliyati bilan tanishib,  mashg'ulotlar jarayonini kuzatdi.

Qo‘shrabot tuman MTB xodimlari vaksinatsiya jarayoniga jiddiy qaradilar

06-08-2021 12:22   75

Qo‘shrabot tuman Maktabgacha ta'lim bo‘limi xodimlari  mas'uliyatli fuqaro sifatida vaksinatsiya jarayoniga jiddiy qaradilar va emlanish muolajalarini to‘la qabul qilib bo‘ldilar. AQSHda ishlab chiqilgan vaksina  “Moderna” vaksinalari bilan to‘liq emlandi.

"AQLVOY" ENDI BIZ BILAN

03-08-2021 14:58   80

Tumanimiz tog‘li hudud bo‘lganligi bois aholi tarqoq joylashgan. Shu paytgacha bu yerda bolajonlarni maktabgacha ta’limga  qamrab olish 16,6 foizni tashkil qilgan. Negaki bor-yo‘g‘i 15 tagina davlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat olib borar edi. Bu muassasalar ham xalq ta’limi tizimiga qarashli edi. 2017 yilda Maktabgacha ta’lim Vazirligi tashkil etilgach muassasalar ham tashkilot tizimiga o‘tkazildi va alohida maktabgacha ta’lim bo‘limimiz faoliyatini boshladi.

QO'SHRABOT TUMAN 2-DMTT TAYORLOV GURUHI BOLAJONLARI DAVLAT GERBI QABUL QILINGAN KUNIGA BAG'ISHLANGAN TADBIRDAN LAVHALAR.

08-07-2021 08:12   92

Qo'shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi 2-davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti tayorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o'rtasida davlat gerbiqabul qilingan kunga ba'g'ishlab gerb haqida tushunchalar berildi. Davlat gerbini chizishni, bo'yashni o'rganishdi.