Xabarlar

Qo‘shrabot tumani maktabgacha ta'lim tizimi yil yakuni bilan bir guruh samarali xizmat qilgan xodimlar taqdirlandi.

30-12-2021 08:58   22

Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘ining esdalik sovg‘alari Qo‘shrabot tumani maktabgacha ta'lim tizimida  samarali xizmat qilgan xodimlarga topshirildi.

4 ta hududda sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi

19-11-2021 07:00   38

2021 yilning 11 noyabr sanasidan boshlab, Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida uyma-uy yurib, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish jarayonlari boshlandi.

1 DMTT tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining Mehirjon bayrami

09-11-2021 08:13   46

1 DMTT tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilarining Mehirjon bayramidan lavhalar

1.Korxona va tashkilotlar rahbarlari va hisobchilari diqqatiga!

26-10-2021 09:58   58

      1.   Yuridik shaxslar va ularning alohida bo‘linmalari (kichik korxona va mikrofirmalar, xususiy uy-joy egalari shirkatlari, jamoat birlashmalari, ijtimoiy fondlar, nodavlat muassasalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan tashqari)                      4-Mehnat shakli (Mehnat hisoboti) (choraklik) Davlat statistika hisobotini 2021 yilning                   6 oktabr sanasidan kechiktirmasdan www.stat.uz yoki www.samstat.uz veb-saytlarida joylashtirilgan avtomatlashtirilgan tizimi eStat 4.0 dasturi orqali elektron ko‘rinishda elektron imzodan foydalangan holda xato va kamchiliklarsiz taqdim qilish lozimligini eslatib o‘tamiz.

Tadbirkorlik subyektlari diqqatiga!

26-10-2021 09:47   54

Tadbirkorlik subyektlarining savol va murojaatlariga viloyat statistika boshqarmasining malakali mutaxassislari tomonidan javob va maslahatlar berilishini ta’minlash, tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarda yuzaga kelgan muammolarni tezkor ravishda hal etish orqali tushuntirish ishlarini yanada yaxshilash maqsadida, viloyat statistika boshqarmasida “Ishonch telefonlar” (tel: (66)230-45-50, (66)235-58-95) tashkil etilgan.

Shet el sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar, chet eldan mablag’ olgan tashkilotlar, chet elga investitsiyalarni amalga oshiruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari hamda bosh hisobchilari diqqatiga!

26-10-2021 08:23   53

O’zbekiston Respublikasiga chet eldan kiritilgan investitsiyalar va O’zbekiston Respublikasidan chet elga yo’naltirilgan investitsiyalar to’g’risidagi 4-invest (xorijiy)shakli (choraklik) Davlat statistika hisobotini 2021 yilning III-choragi uchun hisobot davridan keyingi oyning 29 oktabr sanasidan kechiktirmasdan taqdim etishlari shart!

 

Aholining ayrim toifalariga nisbatan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish qanday tartibda amalga oshiriladi?

22-10-2021 12:03   56

DAXLDOR IDORALAR RO‘YXATGA OLADI

O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi Qonuni, 24-moddasiga asosan aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish sanasida chaqiruv asosida muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar, shuningdek, kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatgajalb etilgan harbiy xizmatchilar va ularning yopiq hududlarda yashayotgan oila a’zosi bo‘lgan respondentlar haqidagi shaxsga doirma’lumotlarni yig‘ish harbiy qism komandiri yoki u vakolat berganshaxs tomonidan amalga oshiriladi.

Aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

15-10-2021 12:37   54

Tayyorgarlik jarayonidagi eng muhim masala aholi o‘rtasida ro‘yxatga olishda faol ishtirok etish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish hisoblanadi, - Shu maqsadda Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan tadbirning shiori va logotipi ishlab chiqilib, aholini ro‘yxatga olishning rasmiy veb-sayti (aholi.stat.uz) yaratildi. Bu borada ro‘yxatga oluvchilarni tanlash va o‘qitish masalasi ham nihoyatda dolzarb ahamiyatga ega. Chunki ma'lumotlarning to‘g‘riligi bevosita ularning malaka va amaliy ko‘nikmalariga bog‘liq. Shu bois, jarayonga jalb etiladigan xodimlar Davlat statistika qo‘mitasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan reja-jadval asosida maxsus o‘qitiladi.

"Mahorat maktabi " o'quv amaliy seminar bo'lib o'tdi.

10-09-2021 07:25   100

Qo`shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo‘limi tomonidan   5-son Musiqa va san'at maktabida  "Mahorat maktabi "a'zolari, Samarqand viloyati Maktabgacha ta'lim boshqarmasi Ta'lim sifatini ta'minlash va innovatsion texnologiyalarni joriy etish bo`limi boshlig`i Sh.Jomuratov, shu bo`limning metodisti M.O`roqova  tomonidan o‘tkazilgan  uchrashuv juda jonli va shijoat bilan o'tkazildi. Qo`shrabot tuman maktabgacha ta'lim bo`limi metodisti G.Axmatova maktabgacha ta'lim  tashkilotlaridan 64 nafar metodist va
  pedagog-tarbiyachilari    ishtirok etdilar.
 Dastlab uchrashuv maktabgacha ta’lim tashkilotining "Eng yaxshi materia muallifil" sifatida taqdim etgan va uchinchi o'rinni egallagan 12 MTT musiqa rahbari G`aniyeva Zulfiyani   sovg’alar bilan taqdirlanishidan boshlanishi barchada zo`r kayfiyat baxsh etdi.
  Keyingi navbatda esa yangi o’quv yiliga tayyorgarlik yuzasidan bahs munozara o’tkazildi. Video lavhalar orqali maktabgacha ta’lim tashkilotiida  yuritiladigan me’yoriy hujjatlar va bugungi kuning zamon talabiga mos pedagog qanday bo’lishi kerak mavzu asosida tushuncha berildi.
Yangi vazifalar belgilandi.

NAVBATDAGI SAYYOR QABUL- QO'SHRABOTDA

09-08-2021 07:01   116

Viloyat Maktabgacha ta'lim boshqarmasi boshlig‘i Zaynitdin Jo'rayev Qo'shrabot tumanidagi "Oqmachit" mahallasidagi 15-DMTTda aholi bilan sayyor qabul o'tkazdi. Unda aholining bolalar bog'chasiga  ishga kirishda amaliy yordam ko‘rsatish, uy va yo'l ta'mirlashni so'ragan murojaatlari eshitildi.
Fuqarolarning murojaatlari atroflicha tahlil qilinib, amaliy yordam ko'rsatish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Shuningdek, boshqarma boshlig‘i sayyor  qabul doirasida  mazkur  muassasa faoliyati bilan tanishib,  mashg'ulotlar jarayonini kuzatdi.