Самарқанд вилояти Қўшработ тумани
Мактабгача таълим бўлими

Ro‘yxatga olishda uy xo‘jaligi va oilalarning xususiyatlari

Uy xo‘jaligi va oilalarning tarkibini mutlaqo turli nuqtai nazarlardan o‘rganish mumkin. Uy xo‘jaliklariga tegishli belgilarni ko‘rib chiqishda uy xo‘jaligi va oilalarga tegishli turli konsepsiyalar bilan tanishib chiqish zarur.

Ro‘yxatga olish dasturida bir qator belgilar (avtoulov va maishiy qulayliklarning borligi kabi) individual darajada ma’lumotlariga emas, ko‘proq oila yoki uy xo‘jaligi darajasining ma’lumotlariga taaluqli. 2010 yil Tavsiyalarida aytilgandek, ko‘p mamlakatlarda oila va uy xo‘jaliklarining tashkil topish modeli evolyutsiyani boshdan kechirmoqda, shu sababdan, ro‘y berayotgan strukturaviy o‘zgarishlarni o‘rganish juda muhim.

“Odatiy yashash joyi” belgisini uy xo‘jaligi a’zoligini aniqlash uchun asos sifatida ishlatish tavsiya qilinadi. Agar faqat yuridik yashash joyi to‘g‘risida ma’lumot mavjud bo‘lsa (ya’ni odatiy yashash joyi haqida ma’lumot bo‘lmasa), bu ma’lumot shu shart bilan ishlatilishi mumkin (boshqa manbalar bilan birga yoki alohida), u odatiy yashash joyini yetarlicha aniq aks ettiradi.

Xususiy uy xo‘jaligi bu:

  • bir shaxsdan iborat uy xo‘jaligi, ya’ni alohida yashash birligida alohida istiqomat qiluvchi yoki yashash birligida alohida xona(xonalar)ni egallagan shaxs. Ammo, u mazkur yashash birligida boshqa shaxslar bilan birlashmaydi va quyida qayd etilgan guruhli uy xo‘jaligini tashkil etmaydi; yoki
  • guruhli uy xo‘jaligi, ya’ni ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat guruh, yashash birligida birgalikda yashash yoki uning bir qismida o‘zini yegulik va yashash uchun boshqa zaruriy narsalarni ta’minlash uchun birlashgan holat. Bu guruh a’zolari ko‘p yoki oz miqdorda o‘z daromadlarini birlashtirish mumkin.

Xususiy uy xo‘jaligining mazkur konsepsiyasi “xo‘jalikni birgalikda yurgizish” konsepsiyasi nomi bilan mashhur va xususiy uy xo‘jaliklarining soni yashash birliklarining soniga teng bo‘lishini nazarda tutmaydi.


Охирги ўзгариш вақти: 31/03/2022 15:08;   Кўрилганлиги: 79
 
Материал манзили: http://qushrabotmtb.uz/news/royxatga-olishda-uy-xojaligi-va-oilalarning-xususiyatlari
Чоп этилган вақт: 27/05/2022 19:32