Самарқанд вилояти Қўшработ тумани
Мактабгача таълим бўлими

QADIM QADRIYATLAR BESHIGISAN NAVRO‘Z!

Yana bahor, yana go‘zallik. 21-mart qish uyqusidan uyg‘onib, tabiat jonlanayotgan palla, kun bilan tun tenglashadigan kun.Zaminga quyoshning yog‘dulari ziyo sochib, qalblar ham yanada chiroy ochib, chehralarda ayyom shukuhi namoyon bo‘ladi. Navro‘zni qadriyatlarimiz durdonasi, bayramlarimiz shohonasi deyish mumkin. Bugun Qo'shrabot tumanida Navro'z bayrami keng nishonlanmoqda

Bu ayyom mehr-muruvvat, insonparvarlik bayrami bo‘lib, barcha zamonlarda u orqali xalqning ma'naviy dunyosi namoyish etilgan, turmush tarzi, orzu-o‘ylari, go‘zallikka, ezgulikka bo‘lgan munosabati ifodalangan. Tabiat bezanib, borliq fusunkor qiyofa kasb etar ekan, bu latofat qalblarga ham ko‘chadi. 


Охирги ўзгариш вақти: 22/03/2022 08:23;   Кўрилганлиги: 80
 
Материал манзили: http://qushrabotmtb.uz/news/qadim-qadriyatlar-beshigisan-navroz
Чоп этилган вақт: 27/05/2022 19:17